Erasmus+ GreenCamUz xalqaro loyihasi doirasida Karabuk universitetida Alfraganus universiteti delegatsiyasi hamda Karabuk universiteti rahbariyati o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
![]() |
Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlari, professor-o‘qituvchilar hamkorligi hamda xalqaro grant loyihalarida birgalikda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
![]() |
Shuningdek, tomonlar 2026-yilgi Erasmus+ grant tanloviga hamkorlikda taqdim etilgan yangi loyiha yuzasidan fikr almashib, kelgusidagi vazifalarni belgilab oldilar.
![]() |
![]() |
Uchrashuv yakunida Alfraganus universiteti va Karabuk universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi yangilanib, ta'lim, ilm-fan, innovatsiyalar hamda xalqaro loyihalar yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan yangi bandlar kiritildi.





