Erasmus+ GreenCamUz xalqaro loyihasining ikkinchi o‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar Karabuk universitetining suv resurslarini boshqarish va suvni qayta ishlash laboratoriyasiga tashrif buyurdilar.

Tashrifda Alfraganus universiteti rektori professor Azizbek Ismailov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Mo'minjon Xo‘jayev hamda loyiha hamkorlari ishtirok etdi.

Laboratoriyada yomg‘ir suvlarini yig‘ish, oqova suvlarni zamonaviy texnologiyalar asosida tozalash va qayta foydalanish jarayonlari namoyish etildi. Shuningdek, suv resurslarini samarali boshqarish, ekologik innovatsiyalar va "yashil kampus" konsepsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif davomida ishtirokchilar ilg‘or tajribalar bilan tanishib, ularni oliy ta'lim muassasalarida joriy etish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.