Alfraganus universiteti delegatsiyasi vakillari Polshaning Opole shahrida o‘tkazilayotgan GreenCamUz xalqaro loyihasi doirasidagi Erasmus treninglarida faol ishtirok etmoqda.

Trening davomida elektromobillar batareyalarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash masalalari muhokama qilindi. Alfraganus universiteti vakillari tomonidan ekologik muammolarni kamaytirish, qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdim etildi.

Shuningdek, ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etish, “Second life battery” tizimini rivojlantirish va suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi.