Alfraganus universiteti rektori hamda GreenCamUz xalqaro loyihasi rahbari Azizbek Ismailov hamda loyiha koordinatori Mo'minjon Xo'jayev boshchiligidagi delegatsiya Polshaning Opole shahrida tashkil etilgan xalqaro seminarda ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibida universitet Kuzatuv kengashi a’zolari Sarvar Mirazimov, Jo‘rabek Ne’matov, Nuriddin Suleymanov, Yakub Yuldashev, shuningdek, prorektor Berdiyor Safoxonov va Raqamli texnologiyalar fakulteti dekani Jaloliddin Ibragimov ham qatnashmoqda.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan GreenCamUz loyihasi 2025–2028-yillar davomida oliy ta’lim tizimiga barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etishga qaratilgan. Loyiha doirasida “yashil kampus” konsepsiyasini rivojlantirish, ekologik mas’uliyatni oshirish hamda zamonaviy va barqaror fikrlovchi mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.






