Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Xalaro reytingda QS WUR: 700-1000)  professor-o‘qituvchilari Jilqibay Gulimjan Qizmetqizi, Suinjanova Janar Kikbayevna, Dauletova Aynash Serikovnalar akademik mobillik asosida universitetimizga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitetlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga ko‘ra joriy yilda professor- o‘qituvchilar hamda talabalarni akademik mobillik asosida ta’lim olishlarini tashkillashtirish, professor- o‘qituvchilarning malakasini oshirish, universitetlararo qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Scopus va Web of Science jurnallarida birgalikda maqolalar chop etish, hamkorlikda nashr ishlarini amalga oshirishga (o‘quv qo‘llanma, monografiya) kelishib olindi.