Alfraganus universiteti rektori M.Mahmudov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish jamg‘armasi raisi A.Eminovlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
r Uchrashuvda, kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, yaratiladigan adabiyotlar yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi. Alfraganus universiteti taraqqiyot strategiyasida milliy ma’naviyatimiz, ona tili va adabiyoti ta’limi va targ‘ibi borasidagi ishlar asosiy o‘rinlardan biri sanalishi, kelgusidagi hamkorlik ushbu ishlarning amaliy natijasida muhim omillardan biri bo‘lishi alohida ta’kidlandi.