Alfraganus universiteti hamda "Orient Finans" xususiy aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik talabalar va bitiruvchilar uchun amaliyot hamda ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, bank-moliya sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan.

Ushbu memorandum universitet va bank o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlab, talabalarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda ta'lim sifatini yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.