Alfraganus universiteti ushbu o‘quv yilidan boshlab o‘z nashriyot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Endilikda talabalarimiz uchun:
— yangi o‘quv adabiyotlari soni sezilarli darajada oshiriladi;
— zamonaviy darslik va qo‘llanmalar muntazam nashr etiladi;
— ta’lim jarayonida talabalar uchun sifatli manbalar yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.
Bugun universitet rektori A.Ismailov shu maqsadda xususiy nashriyot ta’sischilari va tashkilotchi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, yangi adabiyotlarni talabalarga tezkor yetkazish va ilmiy-nazariy bazani boyitishga doir muhim kelishuvlarga erishildi.
Alfraganus universiteti jamoasi ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti yo‘lida hamkorlikni yanada mustahkamlashdan mamnun.