Ayni kunlarda universitetimiz vakillari Hindiston safarida bo’lib turibdi. Alfraganus universitetining Tibbiyot fakulteti, Farmatsevtika va kimyo kaferdasi professori Lola Po`latova, dotsent Klara Boltayeva hamda universitet xotin-qizlar qo`mitasi raisi Zuhro Saidovalar birgalikda Tibet tabobati bilan tanishish maqsadida Hindistonning MEN-TSEE-KHANG BRANCH CLINICS markaziga tashrif buyurdilar.
Mazkur markazning Tibet tabobati bo`yicha malakali mutaxassisi Dr.Mrs Jampa Wangmo bilan bo`lib o`tkan suhbat chog`ida Tibet tabobati olami haqida ko`plab ma`lumotlarga ega bo`ldilar.
Shuningdek vakillarimiz bugun Hindistondagi shu mavzuga bag’ishlangan xalqaro konferensiyada qatnashadilar. Kun davomida yana ma’lumotlarni ulashamiz!
_____________
r r r r Aytish joiz, Tibet tabobati, bugungi kunda butun dunyoda mavjud bo‘lgan amaliy-ilmiy tibbiyotlar o‘rtasida eng samarali tibbiyot sifatida e’tirof etilgan. Bu tabobatning falsafasiga ko‘ra: «Davolab bo‘lmaydigan kasallik yo‘q, balki davolab bo‘lmaydigan kasal bor, xolos».