Hindistonda bo’lib turgan Alfraganus universiteti, Tibbiyot fakulteti, Farmatsevtika va kimyo kafedrasi DSc, prifessori Pulatova Lola Toirxanovna, dotsentlari Boltaeva Klara Shamuratovna, Raimova Guli, universitet xotin- qizlar qomitasi raisi Zuxro Narzullayevnalar tomonidan ko'rgazma tashkil etildi.
Unda milliy qadriyatlarimiz, jumladan, milliy taomlarimiz haqida ma'lumotlar berildi va milliy taomlarimiz ko’rgazma ishtirokchilariga tarqatildi.
Mata Sundri Women's College xodimlari va talabalari ko’rgazmaga qo’yilgan taomlarga katta qiziqish bildirdilar. Milliy oshxonamiz va undagi mazali, foydali taomlardan ko’rsatilgan namunalar zavq bilan qabul qilindi hamda yuqori baholandi.
Yakunda Alfraganus universiteti va Berati Juarez Marg, South Campus, South Moti Bagh universiteti qoshidagi xotin- qizlar kolleji (Mata Sandri Women's College) bilan keyingi hamkorlik uchun memorandum imzolandi.