Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Asror Muhamedov hamda fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan universitetning Axborot resurs markaziga yangi kitoblar topshirildi.
![]() |
![]() |
Mazkur tashabbus fakultet professor-o‘qituvchilarining talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish va bilim doirasini kengaytirishga qaratilgan. Yangi adabiyotlar orasida ijtimoiy fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy manbalar hamda talabalarning mustaqil ta’lim jarayonida qo‘l keladigan metodik qo‘llanmalar o‘rin olgan.