Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari istiqomat qilayotgan ijara xonadonlari holati o‘rganilmoqda.

Mazkur jarayon fakultet tyutori Zarifa Sodiqova tomonidan amalga oshirilmoqda. Tashrif davomida talabalar yashash sharoitlari, xavfsizlik, sanitariya-gigiyena talablari va o‘quv jarayoniga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

Ushbu monitoring talabalarning qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.