Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori v.b. Dilbar Ruzmetova Abu Nasr Farobiy tavalludining 1155 yilligi munosabati bilan Al-Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy universitetida o'tkazilgan xalqaro forumda o'zining ma'ruzasi bilan qatnashdi.
![]() |
![]() |
![]() |
Forumda O'zbekiston, AQSH, Rossiya, Italiya, Qirg'iziston, Turkiya, Ozarbayjon, Suriya, Misr, Eron davlatlaridan 100 dan ortiq universitet olimlari ishtirok etdi.
![]() |
![]() |
![]() |
Xalqaro forumda Dilbar Ruzmetova "Abu Nasr Farobiy falsafiy-didaktik qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati" mavzusida ma'ruza qilib, universitet tayanch doktorantlari, magistrlari va talabalariga dars mashg'ulotini olib bordi hamda maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.