Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan "Ijtimoiy faollikka tayangan taraqqiyotga erishning ma’naviy asoslari" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
![]() |
Tadbirda Alfraganus universiteti rektori M. Maxmudov boshchiligidagi Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etdilar.
![]() |
Konferensiya yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuvga binoan, endilikda Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari institutda o‘z amaliyotlarini o‘tash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
![]() |
Bu hamkorlik nafaqat ta’lim sifati, balki talabalarning amaliy bilim va tajribasini oshirishda muhim bosqich bo‘ladi.