

Joriy yilning 12-aprel sanasida Alfraganus universitetida “Alfraganus xalqaro ilmiy jurnali” hamkorligida “Al Farg‘oniy ilmiy me’rosi, ilm-fan taraqqiyotidagi hissasi, bugungi kundagi o‘rni” mavzusida talabalar ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.
Mazkur konferensiyada universitet talabalari bilan birgalikda Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti va Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti talabalari ham ishtirok etdilar. Maqola muualliflariga sertifikatlar taqdim etilgan bo‘lsa, saralab olingan maqolalar kitob sifatida nashrga tayyorlanmoqda. Quvonarlisi, kitob chop etilgach, maqola mualliflariga bepul taqdim etiladi.