Alfraganus universiteti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi va Xalaqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Zamonaviy ta’lim va sharqona tarbiya uyg‘unligi” mavzusida Ⅰ tadqiqotchilar – magistrlar va talabalarning ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Seminar davomida:

— Yashil jamiyat taraqqiyoti: xorijiy tajriba va milliy yondashuvlar uyg‘unligi;

— Yoshlar — zamonaviy ta’lim va sharqona tarbiya hamda ilmiy muhit drayveri;

— Jamiyatda ilmli yoshlar muhitini yaratishning ijtimoiy jihatlari;

— "O‘zbekiston — 2030" strategiyasi – barqaror rivojlanish kafolati - mavzusidagi maqolalar ishtirokchilar tomonidan taqdim etildi.