Alfraganus universiteti O‘zbekiston National H-index Ranking 2026 reytingida ta’lim muassasalari orasida 55-o‘rinni, nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari orasida esa 7-o‘rinni egalladi.
Mazkur natija universitetda ilmiy faoliyatni rivojlantirish, akademik salohiyatni mustahkamlash hamda tadqiqot natijadorligini oshirish yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlarning muhim ifodasidir. Reyting tashkilotlarning ilmiy mahsuldorligini jamlangan Hirsch indeksi asosida baholab, Scopus, Web of Science hamda Google Scholar bazalaridagi ma’lumotlarga tayangan holda shakllantiriladi.
Ushbu yutuqda professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar hamda ta’lim va ilmiy jarayonlarni samarali tashkil etayotgan jamoaning munosib hissasi mavjud.
Alfraganus universiteti bundan buyon ham ilmiy salohiyatni yanada oshirish, xalqaro ilmiy maydondagi faollikni kengaytirish hamda erishilgan natijalarni izchil mustahkamlash yo‘lida faoliyatini davom ettiradi.

