Alfraganus universitetining Xalqaro ilmiy jurnallar va reytinglar bilan ishlash departamenti tomonidan universitet professor-o'qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun "Ilmiy hamkorlik qilishning zamonaviy usullari" mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
![]() |
![]() |
Seminarda ilmiy yozish asoslari, ilmiy va ijodiy yozuvning farqlari, ilmiy maqola tuzilmasi, tadqiqot savollari, vazifalari va gipotezalari, tadqiqot metodlari hamda natijalarni yoritish, maqolaning muhokama va xulosa qismlarini to‘g‘ri shakllantirish, yozuv uslubi va tili, ilmiy dialog, taqrizlar bilan ishlash, taqrizlash jarayoni va taqrizchilar bilan muloqot, shuningdek, ilmiy izohlar va ularga javoblar muhokama qilindi.
![]() |
![]() |
Seminarni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining bosh ilmiy xodimi, professor Axmadjon Abdujabbarov mehmon ma'ruzachi sifatida olib bordi.