Alfraganus universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tashabbusi bilan "Ilmiy maqola yozish sirlari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan izlanuvchilar uchun ilmiy seminar tashkil etildi.
![]() |
![]() |
![]() |
Seminarda professor Jamila Djumabayeva ilmiy maqola yozishning bosqichlari, ilmiy uslub va tahliliy yondashuvlar, nufuzli jurnallarga maqola jo‘natish mezonlari va tanqidiy fikrlash asoslarini batafsil tushuntirib berdi.