Alfraganus universiteti, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tashabbusi bilan Tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun “Ilmiy maqola yozish sirlari” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
![]() |
Mazkur seminarni tibbiyot fanlari doktori, professor Pulatova Barno Juraxonovna olib bordi. Seminar davomida ilmiy maqola yozishning nazariy asoslari, maqola tuzilmasi, ilmiy uslub va talablar, maqolani xalqaro ilmiy jurnallarda chop ettirish jarayonlari kabi muhim jihatlar batafsil yoritildi.
![]() |
![]() |
Professor Pulatova o‘z tajribasiga tayangan holda ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar berib o'tdi.