Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Oliy ta’lim muassasalarida startaplar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish” mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
![]() |
Tadbir davomida Xalqaro turizm menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan startap loyihalarga ilmiy rahbarlik qilish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari bilan tanishtirildi.
![]() |
Innovatsion g‘oyalarni real sektor korxonalarida biznes yuritish amaliyotiga faol tatbiq etishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari yuzasidan muhokama tashkil etildi.
Kelgusi ilmiy seminarni iqtidorli talabalar ishtirokida hamkorlikda tashkil etishga kelishib olindi.