Alfraganus universiteti Turizm fakulteti hamda Fakultetlararo chet tillar kafedrasi dotsenti, PhD N.K. Suleymanova tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini yanada rivojlantirishda yangi kadrlar tayyorlash masalalari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
![]() |
Seminar davomida quyidagi muhim jihatlar keng yoritib berildi:
— Turizm sohasining global va milliy rivojlanish tendensiyalari;
— Raqobatbardosh, ko‘p tilli va zamonaviy kadrlarni tayyorlashda zamonaviy metodik yondashuvlar.
![]() |
![]() |
Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan savol-javob va ochiq muloqotlarda faol ishtirok etdilar. Seminar o‘z mazmun-mohiyati bilan turizm sohasida kadrlar siyosatini takomillashtirish yo‘lida ilmiy-amaliy asoslangan muhim qadam bo‘ldi.