“O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti – 2025” mavzusidagi ilmiy tanlov va “O‘zbekiston – mintaqaviy logistika markazi: Strategiyalar, hamkorliklar va infratuzilma 2020–2030” xalqaro konferensiyasi.

O‘zbekiston mintaqaviy logistika markaziga aylanish sari katta qadamlar qo‘yayotgan bir paytda, biz barcha talabalar, izlanuvchilar va mutaxassislarni ushbu ilmiy tanlovda ishtirok etishga chorlaymiz.

Tanlov yo‘nalishlari:

— Barqaror aqlli shahar va logistika;

— Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit strategiyasi;

— Sun’iy intellekt va ekologik monitoring;

— Aylanuvchi iqtisod va chiqindilarni boshqarish;

— Suv va havo sifatini yaxshilash innovatsiyalari;

— Iqlim inqirozi, investitsiyalar va moliyaviy yondashuvlar;

— Aholi o‘rtasida ekologik ongni oshirish kampaniyalari;

— O‘zbekiston uchun chiqindilarni yoki ifloslanishni kamaytirishga oid har qanday g‘oya.

Konferensiya Toshken shahri Inha universitetida

2025-yil 28-may kuni o‘tkaziladi!

Ishtirok etish uchun tanlangan mavzu bo‘yicha maqola yoki esse tayyorlab, quyidagi havola orqali yuboring:

https://forms.gle/DnYYWrqr4wb7VXvi7

Oxirgi topshirish sanasi: 2025-yil 25-may

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin: 5 million so‘m + sertifikat

2-o‘rin: 3 million so‘m + sertifikat

3-o‘rin: 2 million so‘m + sertifikat

Barcha ishtirokchilarga: ishtirok sertifikati

Eng yaxshi ilmiy ishlar xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda nashr qilinadigan ilmiy to‘plamga kiritilishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot:

Email: x.ruzimova@inha.uz

Telefon: +998 71 289-99-99