Alfraganus universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti, Raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti O'ktam Begimov tomonidan “Algebraik va transendent tenglamalarni yechishning taqribiy usullari” mavzusida ilmiy-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida algebraik va transendent tenglamalarni yechishda qo‘llaniladigan taqribiy usullarning nazariy asoslari, ularning matematik mohiyati hamda amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari atroflicha yoritib berildi. Shuningdek, iteratsion usullar, Nyuton va boshqa zamonaviy yondashuvlar misollar asosida tahlil qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, ilmiy munozaralar tashkil etildi.