Alfraganus universiteti hamda Universitas Pendidikan Indonesia (UPI) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi: Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, onlayn ilmiy seminarlar va treninglar tashkil etish, Raqamli texnologiyalar fakultetining xalqaro ilmiy jurnalini ishga tushirish (kelgusida Scopusda indekslanadigan), jahon universitetlari reytinglarida hamkorlikda ishlash bo‘yicha tajriba almashish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik mobillikni ta’minlash.