Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakulteti Xotin-qizlar qo'mita raisi Umida Muxtorova hamda fakultet tyutori Yoqutxon Sobirova tomonidan "Epli qiz kerakmi, sepli qiz?" mavzusida talabalar o'rtasida tanlov o'tkazildi.

Tanlovda talabalar pazandachilik mahoratlarini ko'rsatishdi. Yakunda faol bo'lgan talabalarga esdalik sovg'alari topshirildi.