Alfraganus universiteti Iqtisodiyot fakultetida fakultet kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish fakultet dekani Jasurbek Kurbonov boshchiligida tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish, shuningdek, talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Zuhra Saidova tomonidan xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, odob-axloq qoidalari, milliy qadriyatlar hamda muomala va kiyinish madaniyati yuzasidan ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda ilmiy salohiyatni oshirish, bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, darslarga kechikish va sababsiz dars qoldirish holatlarining oldini olish hamda bu borada tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, muhokama qilingan masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.