Alfraganus universitetida O‘zbekiston Respublikasida Oliy ta’lim a’lochisi, Xalq maorifi a’lochisi, falsafa fanlari doktori, professor Normurod Mamatov tomonidan “Yoshlarning mafkuraviy immunitetini rivojlantirish falsafasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
![]() |
Mahorat darsi davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlovchi, ma’naviy yetuk shaxs sifatida kamol topishida mafkuraviy immunitetning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
![]() |
![]() |
Yakunda, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga professor tomonidan javob olishdi.




