Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan “Sog‘lom raqobat tovar-moliya bozorida yuqori sifat va rivojlanish, iste’molchilar huquqi ustuvorligining belgisi sifatida” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi Zaripov Shaxboz Alijon o‘g‘li ishtirok etdi va seminarni olib bordi.

Tadbir davomida:

— Raqobat muhitining ahamiyati

— Iste’molchilarning huquq va burchlari

— Qo‘mitaning faoliyati

— Qo‘mita tizimida amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Seminarda talabalar va ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi va ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.

Bunday tadbirlar talabalar bilimini amaliyot bilan mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.