#DOLZARB
Bugun Alfraganus universiteti rektori Azizbek Ismailov boshchiligida ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda yangi 2025/2026 - o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, o‘quv jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning mas’uliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, talabalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish va xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida rektor barcha fakultet dekanlari va bo‘lim boshliqlari oldiga yangi o‘quv yilini sifatli tashkil etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
BIZDA QABUL DAVOM ETMOQDA
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling