Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko'maklashish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi prezidentining qarori.

Yoshlarning bandligini ta'minlash, oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida "Kelajakka qadam" dasturi ishlab chiqildi.

Dasturga ko‘ra, “O‘zmilliybank” AJga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan:

— 80 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida 10 yilga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foizda;

— 20 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida talabalarni kasbga tayyorlash va ularning kasbiy amaliyot o‘tash xarajatlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratilsin.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “O‘zmilliybank” AJ bilan birgalikda:

—Bir oy muddatda Dasturni amalga oshirish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar va Markazlar faoliyatini tashkil etish tartibini tasdiqlasin;