Turkiyada rasmiy safarda bo`lib turgan Alfraganus universitetining rektori boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining navbatdagi tashrifi Istanbul shahridagi İstanbul Ticaret universitetiga uyushtirildi.


Ularni, İstanbul Ticaret universiteti rektori - Prof.Dr. Abdulhamit Avşar hamda universitet ta‘sischisi - Prof.Dr. Israfil Kuralaylar shaxsan kutib olib, o`tkazgan iliq suhbat chog‘ida ikki universitet o`rtasidagi hamkorlik munosabatlari jadal sur‘atlarda amalga oshirilayotganligi alohida ta`kidlab o`tildi.


Uchrashuv natijalariga ko`ra, kelasi o`quv yilidan boshlab talabalarimizni mazkur universitetga o`qish uchun yuborishni yo`lga qo`yish, shu jumladan, ikki universitet xodimlarining ham o`zaro malaka oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratilishi belgilab qo`yildi.


Shundan so`ng, delegatsiyamiz vakillari universitetning kutubxona, mediamarkaz, huquqshunoslik yo`nalishida sud jarayonlarining o`tkazilishi uchun mo`ljallangan maxsus auditoriyalar bilan yaqindan tanishib, zarur ma`lumotlarga ega bo`ldilar.