Alfraganus universiteti rektori M.Maxmudov hamda Koreyaning Gyeongkuk Milliy universitetidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama professor-o'qituvchilar, talabalar almashinuvini tashkil etish, ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish, hamkorlikda o'quv qo'llanmalar, monografiyalar, darsliklar, ilmiy maqolalar nashr etish hamda kelgusida yuqoridagi hamkorliklar asosida memorandum imzolash bo'yicha muhokama bo'lib o'tdi.