Janubiy Koreyaning Namseoul universiteti tomonidan tashkil etilgan nufuzli notiqlik tanlovida Alfraganus universiteti Filologiya fakulteti Xorijiy tillar kafedrasining Koreys tili yo‘nalishi 1- va 2-bosqich talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, universitetimiz talabalari yuqori natijalarni qayd etib, 1-o‘rin, 2-o‘rin hamda 4-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. G‘olib va sovrindorlar tanlov tashkilotchilari tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Mazkur yutuq talabalarning koreys tilini puxta egallagani, notiqlik mahorati hamda xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor namoyon etdi.
![]() |
![]() |



