Alfraganus universitetining hamkori «Dentium Uzbekistan» stomatologiya kompaniyasi taklifiga binoan universitetimizning Tibbiyot fakulteti “Klinik fanlar” kafedrasi katta o`qituvchisi Jamshid Ahmedov O`zbekiston stomatologlari bilan birgalikda joriy yilning 6-10 iyun kunlari Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Digital Minimalism” xalqaro simpozium va amaliy seminarda ishtirok etdi.
“Digital Minimalism” xalqaro simpoziumda Prof. Man Yi, Prof. Hyunsik-Park, Prof. Keunuyoung Paek, Dr. Pokpong, Dr. Sungmin-Chung, Prof. Daniel Toma, Prof. Dehua Li, Dr. Hyundu-Won va boshqa professorlar o‘z ma‘ruzalari bilan chiqish qildilar. Unda asosan, stomatologiya yo`nalishidagi zamonaviy texnologiyalar yordamida stomatologik muolajalarni doimiy ravishda tatbiq qilish to`g`risida qiziqarli mavzular o`qib eshittirildi.
“SIDEX” stomatologik ko`rgazmasi Janubiy Koreyaning «Dentium» kompaniyasi tomonidan barpo qilingan ishlab chiqarish zavodida o`tkazilgan bo‘lib, stomatologik implant va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, «Dentium» kompaniyasi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan navbatdagi konferensiya O`zbekistonda bo‘lib o‘tishi va uni Alfraganus universiteti bilan hamkorlikda tashkillashtirilishi haqida ma`lum qilindi. Bu esa, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga hizmat qiladi.