Alfraganus universitetining hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Kuni kecha Janubiy Koreyada faoliyat olib borayotgan Hanyang Universitetining Xalqaro aloqalar bo’limi direktori – Kim Dong Il, Gachon Universitetining Xalqaro aloqalar bo’limi direktori – Kim Hasik, “World Edupia” kansalting kompaniyasi prezidenti – B.K.Choilar universitetimizga tashrif buyurdilar.
Ularni universitetimiz rektori Muxammadismoil Maxmudov kutib oldi va kichik doirada rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitetlar hamda kompaniyalar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qator amaliy ishlarni yo’lga qo’yish bo’yicha vazifalar belgilandi.
Alfraganus universiteti talabalari uchun Koreyada 2+2 dasturi asosida ta`lim olish jarayonlarini tashkil etish bo`yicha kelishuvlar ko`rib chiqildi.
Tashrif yakunida, hamkorlik aloqalari rasmiylashtirilib, memorandum imzolandi.