Alfraganus universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti Sport faoliyati kafedrasida sirtqi ta’lim shaklida futbol hamda kikboksing yo‘nalishlarida tahsil olgan bitiruvchi talabalar uchun Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Attestatsiya jarayonida bitiruvchilarning mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy tayyorgarlik darajasi belgilangan tartib asosida baholandi.

Futbol va kikboksing yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy sinovlarda talabalar sport turlari bo‘yicha texnik va taktik tayyorgarligini namoyish etdilar. Shuningdek, nazariy savol-javoblar orqali ularning mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilim darajasi aniqlandi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi bitiruvchilarning kelgusida malakali mutaxassis sifatida faoliyat yuritishga tayyorligini aniqlash, ularning kasbiy kompetensiyalarini baholash hamda egallagan bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.