Alfraganus universiteti, Tibbiyot fakulteti talabalari ayni kunlarda Turkiyaning Karabuk universitetida amaliyot o’tamoqdalar. Ular joriy yilning 13 aprel kunidan boshlab 27 aprelgacha ushbu universitet bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida “Talabalar almashinuvi dasturi” asosida amaliyotda bo’ladilar.
1 - bosqichdan 3 - bosqichgacha bo’lgan talabalar guruhiga rahbar sifatida fakultetning dekan o’rinbosari Alisher Urinov belgilangan. Talabalarimiz amaliyotning dastlabki kunlarida dars jarayonlarida ishtirok etdilar. Ular universitet professor-o’qituvchilarga biriktirilib, har biri alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, amaliyot davrida jarrohlik amaliyotlarida qatnashish, universitet qoshidagi klinikalar faoliyatlarini yaqindan o’rganish, talabalar tanishuvi, ma`naviy va ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish, dam olish kunlarida madaniy dam olishlarini tashkil etishga ham e’tibor qaratilgan.