Karabuk universiteti huzuridagi Chingiz Aytmatov nomidagi turkiy dunyo amaliyot va tadqiqot markazi direktori Prof.Dr.Jildiz Ismailova xonim bilan Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri PhD Pulatov Sherdor Nematjonovich, dotsent Jo’rayev Ahmad Muhammadiyevich hamda magistrantlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti doirasida bo'ladigan konferensiya, loyihalar, grantlar haqida fikr almashdilar. Shuningdek, magistratura va bakalavr bosqichidagi talabalarga master-klasslar o'tish, magistrantlarga tashqi taqrizchilar belgilash masalalari kelishib olindi.

Kelajakda Karabuk universiteti, Alfraganus universiteti hamda Qirg'izistonning bir qancha universitetlari bilan loyihalar qilishga kelishib olindi.