Shu kunlarda Alfraganus universitetining rektori Muxammadismoil Maxmudov boshchiligida, Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari, Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani hamda ta‘sischilar Turkiyada xizmat safarida bo’lib turibdilar.
Delegatsiya a’zolari Karabuk universitetiga tashrif buyurdilar. Unda Karabuk universiteti rektori professor Dr.Fatih Kırışık bilan rasmiy uchrashuv o`tkazilib, Karabük universiteti prorektorlari professor Dr. Elif Çepni va professor Dr. İsmail Rakıp Karaş, Bosh kotib Lütfü Köm, Xalqaro aloqalar bo'yicha koordinator o'qituvchisi Öğr. Gör va Adnan Uçurlar ham ishtirok etdilar.
Kichik doirada tashkil etilgan rasmiy uchrashuv chog`ida har ikki universitet rahbar vakillari uchrashuv haqida o`zaro iliq fikrlar bildirib, akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash, tez orada amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar haqida fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv haqidagi tafsilotlar Karabuk universitetining rasmiy saytidan ham o`rin olgan.
https://kulliye.karabuk.edu.tr/ozbekistan-alfraganus.../