“Karyera kuni” tadbiri doirasida ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar hamda ish beruvchi hamkorlar o‘rtasida samarali uchrashuvlar tashkil etildi.

Bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash hamda kelgusidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qator tashkilot va korxonalar bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.