O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari Kasaba uyushmasining Ⅱ Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli anjumanda Alfraganus universiteti rektori Muxammadismoil Maxmudov ham faol ishtirok etdi.

Qurultoy davomida Muxammadismoil Maxmudov Alfraganus universiteti Kasaba uyushmasining amalga oshirayotgan ishlari, o‘qituvchi va xodimlarning ijtimoiy himoyasi, shuningdek, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan tashabbuslar haqida ma’ruza qildi.

Ta’lim xodimlarining kasbiy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash masalalari Qurultoy kun tartibida asosiy o‘rin egalladi.

BIZDA QABUL DAVOM ETMOQDA