Alfraganus universiteti Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar uchun 2 kunlik dam olish sayohati uyushtirildi. Mazkur tashabbus universitet jamoasining ish faoliyatidagi samaradorligini oshirish, bir-biriga bo‘lgan do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar tabiat qo‘ynida maroqli dam oldilar, turli madaniy va sport tadbirlarida faol qatnashdilar.