Oliy ta’lim bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida, Alfraganus universitetida "Kelajakka qadam" dasturi asosida targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar va seminarlar o'tkazilmoqda.

Bugungi tadbirda ham Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Toshkent shahar IIBB, Ishga qabul markazi, “O‘zmilliybank” AJ vakillari hamda universitet professor-o’qituvchilari ishtirok etib, amaliyot o‘tayotgan bitiruvchi kurs talabalari uchun bir vaqtning o'zida offlayn, onlayn seminar trening  tashkil etildi.

Uchrashuvda talabalar biznes g'oyani tayyor loyihagacha olib borish, biznes g'oyalarini biznes rejaga aylantirish, Iqtisodiyot fakulteti dekani iqtisodiyot fanlari doktori, professor Alisher To'ychiyev rahbarligida Maslahat markazi tashkil etilganligi hamda mazkur markazdan talabalarning istalgan vaqtda foydalanishi mumkinligi bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Yakunda talabalar dastur bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.