Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan PQ-61-sonli Prezident qarori (14.02.2025 y.) asosida bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish va ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlash yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mazkur qaror ijrosi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ hamda Alfraganus universiteti hamkorligida bitiruvchilarni ishga joylashtirish va ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi doirasida maxsus xona ajratilib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu xona faoliyati:
— Talabalar biznes gʻoyalarini rivojlantirish,
— Kasbiy va shaxsiy o‘sish;
— Stajirovka va ishga joylashishda ko‘maklashish;
— Mehnat bozoriga mos mutaxassis tayyorlashga xizmat qiladi.
Eng soʼnggi yangiliklardan birinchilardan boʼlib xabardor boʼling