Universitet Kengashining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

2025-yil 25-aprel kuni soat 15:00 da A-bino 103-xonada Universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:  

— "9-may – Xotira va qadrlash kuni" bayramiga tayyorgarlik,  

— Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining ijrosi,  

— Bitiruvchi kurs talabalari bilan ishlash va yakuniy attestatsiyalar,  

— Talaba qizlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tahlili,  

— Turli masalalar.

Yig‘ilishda dolzarb vazifalar belgilab olindi va tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, ilmiy unvon hamda ilmiy daraja olganlarga tegishli hujjatlari topshirildi.