🟤Hurmatli Oybek ijodining ixlosmandlari! 2023-yil 7-sentabr kuni soat 14:30 da Alfraganus universitetida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, akademik Oybek qalamiga mansub "Qutlugʻ qon" romanining turk tiliga tarjimasi nashri taqdimoti boʻlib oʻtadi. Taqdimotda asar haqida fikr-mulohazalar, tarjima jarayonlari bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlar bildiriladi. Anjumanda tarjimon, filologiya fanlari doktori Zamira Oʻzturk ishtirok etadi. Qiziquvchilarni taklif qilamiz.
🟤Ro’yxatdan o’tish: @Sa1oxiddinovna