Alfraganus universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan “Kitob ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi hamkorlik tashabbusi amalga oshirildi.
Tadbir doirasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga o‘quv-uslubiy, badiiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi kitoblar taqdim etildi. Ushbu tashabbus ayollarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha doirasida turli tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quv resurslaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilish hamda ijtimoiy-ma’naviy rivojlanishga ko‘maklashish maqsad qilingan.