Alfraganus universiteti “AFU mind care” klubi rahbari tomonidan Jizzax viloyatidagi 22-maktabda targ‘ibot tadbiri hamda “Stress va uni boshqarish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
![]() |
Tadbir davomida o‘quvchilarga stress holatlarini to‘g‘ri anglash, ularni boshqarish usullari, ruhiy salomatlikni saqlash hamda motivatsiyani oshirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
![]() |
![]() |
Shuningdek o‘quvchilarga Alfraganus universitetining ta’lim yo‘nalishlari, rektor granti, davlat va universitet stipendiyalarini olish imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv dasturlari hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.




