“Tibbiyotchilar akademiyasi” klubi @tibbiyot_alfraganus rahbari, faol va izlanuvchan talaba Asilbek Luqmonov Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi va Excellent publication ilmiy tadqiqotlar markazining yillik stipendiyasi bilan taqdirlandi. Stipendiant bo‘lishga “Xalqaro tanlovlar” klubidagi faoliyati yaqindan yordam berdi. @AFU_Xalqaro_tanlovlar
Har oyda taqdim etiladigan ushbu stipendiya Aslbek Luqmonovga bir yil davomida berib boriladi. Bu mukofot – uning tibbiyot sohasidagi ilmiy izlanishlari, ijtimoiy faolligi va yoshlar orasida yetakchilik salohiyati uchun berilgan yuksak e’tirofdir.
Asilbek Luqmonovning bu kabi yutuqlari boshqa yoshlarga ham ilhom bag‘ishlab, ularda o‘z ustida ishlash, ilmga intilish va ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga undaydi.